So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi pora bilan qoʻlga olindi
Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi pora bilan qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro S.Q.ning ariza yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi M.M. birlashmada katta hamshira lavozimida ishlovchi S.A. orqali fuqaro S.Q.ni ishga qabul qilish evaziga 500 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan JKning 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.