So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
O‘zbekistonda “ochiq banking” va tokenlashtirilgan moliyaviy vositalar uchun yangi tizim joriy etiladi
2026 yildan boshlab O‘zbekistonda banklar, to‘lov tashkilotlari va moliyaviy texnologiyalar ishtirokchilari uchun “ochiq banking” tizimi va tokenlashtirilgan moliyaviy vositalarning huquqiy rejimi amaliyotga kiritiladi.
O‘zbekistonda 2026 yil 1 sentyabrdan banklar, to‘lov tashkilotlari va moliyaviy texnologiyalar bozori ishtirokchilari o‘rtasida xavfsiz ma’lumot almashinuvini ta’minlaydigan “ochiq banking” tizimi joriy etiladi.
2026 yil 1 yanvardan barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimi boshlanadi. Unga ko‘ra:
Ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasi asosida faoliyat yurituvchi to‘lov tizimini yaratish bo‘yicha pilot loyihalar amalga oshiriladi;
“Tartibga solish qumdoni” rejimi va uning muddati Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hamda Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Shuningdek, 2026 yil 1 yanvardan:
▪️ O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar tokenlashtirilgan aksiya va obligatsiyalarni emissiya qilishga ruxsat oladi;
▪️ Litsenziyaga ega fond birjalarida tokenlashtirilgan aksiya va obligatsiyalar joylashtiriladi va ular uchun alohida savdo maydonchasi tashkil etiladi.