Qidirish

08:24 / 2025-11-29 390 0 Jamiyat

Hukumat “Elektr energiyasini hisobga olish tartibi”ni tasdiqladi

Hukumat qarori bilan elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilishda hisobga olish tizimiga qo‘yiladigan talablar aniqlandi.

world-news

2025 yil 27 noyabrda qabul qilingan 749-sonli qarorga ko‘ra, “Elektr energiyasini hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida hisobga olish tizimiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

Hisobga olish tizimi quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:

Aktiv va reaktiv energiyani hisobga oluvchi hisoblagich, impulsni qayd etish moslamasi, vaqt manbai va batareya;

Aniqlik sinfi va yuklamasiga mos o‘lchov transformatorlari;

Ikkilamchi zanjirlar, ulash simlari, sinov bloki yoki o‘chirib-yoqish qurilmasi, yuklama rezistorlari, hisoblagich shkafi, xavfsizlik muhrlari va qulflari.


Elektr obyektlarini loyihalashtirishda hisobga olish tizimining umumiy xatoligi baholanadi va minimallashtirish choralari ko‘rilishi shart.

Shuningdek, har bir hisobga olish nuqtasi bo‘yicha avtomatik tarzda ma’lumotlar jurnali yuritilishi majburiydir.

Izohlar 0

Fikr bildirish