So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
O‘zbekistonda fintex sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi tizim va investitsiya mexanizmlari joriy etiladi
Prezident qaroriga muvofiq, 2026–2030 yillarda moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirish, startaplarni moliyalashtirish va fintex bozorini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
“O‘zbekistonda moliyaviy texnologiyalar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–359-son, 27.11.2025 y.) bilan mamlakatda fintex bozorini jadal rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi.
Hujjatga muvofiq, 2026–2030 yillar mobaynida moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari sifatida quyidagilar belgilandi:
— fintex startaplariga 1 mlrd AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilish;
— bozor ishtirokchilari sonini kamida 200 taga yetkazish.
Shuningdek, Markaziy bank huzurida bir qator muhim tuzilmalar tashkil etiladi. Xususan, ustav jamg‘armasi 50 mln AQSH dollari ekvivalentiga teng bo‘lgan va startap loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan venchur fond (MCHJ shaklida) hamda moliyaviy texnologiyalar sohasidagi startaplar uchun innovatsion hab ish boshlaydi.
2026 yil 1 yanvardan e’tiboran innovatsion hab ishtirokchilariga moliyaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv kurslari va sertifikat olish xarajatlarining 50 foizigacha qismi, biroq 20 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.
Bundan tashqari, 2026 yildan boshlab har yili Markaziy bank tomonidan moliyaviy texnologiyalar sohasiga bag‘ishlangan xalqaro forumlar o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi.
Ushbu choralar fintex sohasida innovatsion muhitni shakllantirish, startaplarni rag‘batlantirish va raqamli moliyaviy xizmatlar bozorini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.