So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
O‘zbekiston va Nvidia hamkorligida superkompyuter klasteri ishga tushiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt forumida mamlakatda Nvidia kompaniyasi bilan hamkorlikda superkompyuter klasteri ishga tushirilishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, sun’iy intellekt sohasini rivojlantirishga qaratilgan qator yirik tashabbus va dasturlar e’lon qilindi.
O‘zbekistonda sun’iy intellekt infratuzilmasini kuchaytirish maqsadida Nvidia kompaniyasi bilan hamkorlikda zamonaviy superkompyuter klasteri ishga tushiriladi. Bu haqda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt forumida so‘z yuritdi.
Sohani rivojlantirish yo‘lida quyidagi muhim rejalar belgilandi:
➖ AQSHning Kremniy vodiysida Milliy transfer ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, barcha hududlardagi “Kelajak markazlari”da sun’iy intellekt bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlari joriy etiladi;
➖ Maktablar o‘rtasida har yili sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap g‘oyalar tanlovi tashkil etiladi. Har bir hududda g‘olib chiqqan maktabda zamonaviy sun’iy intellekt laboratoriyasi barpo etiladi;
➖ Sun’iy intellekt bo‘yicha Prezident tanlovi o‘tkaziladi. Unda har yili 100 nafar eng iqtidorli yoshlar saralanib, AQSH, BAA va Yevropa davlatlaridagi ilg‘or texnologik kompaniyalarga stajirovkaga yuboriladi;
➖ Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi ishga tushiriladi;
➖ 2030-yilga qadar 4,75 million o‘quvchi va talaba, 150 ming o‘qituvchi hamda 100 ming davlat xizmatchisi sun’iy intellekt bo‘yicha o‘qitiladi. Bu jarayon maktab, kasb-hunar va oliy ta’lim tizimlariga integratsiya qilinadi;
➖ Har yil noyabr oyi “Yoshlar uchun sun’iy intellekt oyligi” deb e’lon qilinib, “Ipak yo‘li sun’iy intellekt forumi” muntazam tashkil etib boriladi.
Ushbu tashabbuslar mamlakatda raqamli transformatsiyani jadallashtirish va yoshlar salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.