So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Toʻra Bobolov ishdan olindimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov ishdan olingani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Effect.uz manbasi maʼlumotiga koʻra, hozircha Bobolov lavozimida qolmoqda. Rasmiy manbalar ham hokimning isteʼfosini hozircha tasdiqlashmayapti. Lekin boshqa manbalarda Bobolov oʻrniga Toshkent shahar prokurori Ulugʻbek Qosimov hokim boʻlgani aytilyapti.
Oktyabrda ham Bobolovning ishdan olinishi, uning oʻrniga yangi nomzod tanlanayotgani bois ushbu masala ozroq choʻzilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Lekin bu xabar tasdiqlanmagan, boʻlib, hokim shundan keyin ham oʻz faoliyatini davom ettirib kelayotgan edi.
Maʼlumot oʻrnida, Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolovga nisbatan sentyabrda Prezident qarori bilan oʻz faoliyatini davlat siyosati va amalga oshirilayotgan islohotlarga mos ravishda tashkil etmagani, hokimlarga qoʻyiladigan talablarga rioya etmasdan majlis qatnashchilarini haqorat qilganligi va bu bilan keng jamoatchilikning noroziligiga sabab boʻlgani uchun jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Toʻra Bobolov 2019-yilning mayida Surxondaryoga hokim etib tayinlangan. Surxonni qariyb toʻrt yil davomida boshqargan hokim 1970-yil Angor tumanida tugʻilgan.
1992-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, 1994-yildan 2003-yilgacha Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi Surxondaryo viloyati boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan, 2003-2004-yillarda Surxondaryo viloyati Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi, 2004-2016-yillarda Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi, 2016-2017-yillarda Surxondaryo viloyati hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmasi boshligʻi boʻlgan.
U 2017-yildan 2019-yil apreliga qadar Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari edi. 2019-yil 1-may kuni Toʻra Bobolov viloyat hokimi etib tasdiqlangandi. Ungacha Surxondaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat koʻrsatib kelgan Bahodir Poʻlatov ishdan olinib, uning oʻrniga Toʻra Bobolov vaqtincha rahbar etib tayinlangan. Keyinchalik, 2020-yil yanvarida hokim lavozimiga rasman tasdiqlangan.



