So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
“Intellektual mulk muhofazasi” portali ishga tushiriladi
O‘zbekistonda intellektual mulk sohasini rivojlantirish va uning huquqiy muhofazasini yanada samarali qilish maqsadida yangi “Intellektual mulk muhofazasi” portali ishga tushiriladi.
O‘zbekistonda intellektual mulk sohasini rivojlantirish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida “Intellektual mulk muhofazasi” portali ishga tushiriladi. Bu haqda 27 noyabr, 2025 yilda qabul qilingan Prezident qarori (PQ–358)da ma’lum qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026–2027 yillarda mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan intellektual mulk obyektlari soni 100 mingtaga yetkazilishi va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida ekspertiza muddatlari texnologiyalar orqali 2 barobarga qisqartirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Yangi portal asosan Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi” va “IP Protection” portallari negizida ishlaydi va quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
intellektual mulk masalalari bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish;
intellektual mulk obyektlari bilan bog‘liq shartnomalarni onlayn tuzish;
kontrafakt tovarlar va intellektual mulk huquqlari buzilgan veb-saytlar haqida ma’lumotlarni joylashtirish.
Bu portal orqali mamlakatda intellektual mulk sohasini rivojlantirish va huquqiy muhofaza samaradorligini oshirishga qaratilgan qadamlar yanada mustahkamlanadi.