Qidirish

17:43 / 2025-11-28 189 0 Jamiyat

Elektron sigaretalarni noqonuniy o‘tkazganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Yangi qonunga muvofiq, O‘zbekistonda muomalasi taqiqlangan elektron sigaretalar bilan bog‘liq harakatlar uchun jarima va ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazo choralari joriy etildi.

world-news

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi hamda elektron sigaretalarni noqonuniy tayyorlash, saqlash, tashish va o‘tkazishga nisbatan qat’iy javobgarlik belgilandi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, O‘zbekistonda muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlari va nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek ishlab chiqarish va olib kirish holatlari ancha miqdorda yoki ma’muriy jazodan keyin takror sodir etilsa, BHMning 300 baravaridan 500 baravarigacha jarima yoki 2–5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shu bilan birga, agar shaxs o‘z aybini ixtiyoriy tan olib, taqiqlangan mahsulotlarni hokimiyat organlariga topshirsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.

Bundan tashqari, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonunda elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklar aylanmasiga to‘liq taqiq joriy etildi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Izohlar 0

Fikr bildirish