So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash tartibi belgilandi
Endi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning normativ qiymati daromadli yondashuv asosida, yer sifati hamda ekin turlarini inobatga olgan holda belgilab boriladi.
Hukumatning 2025 yil 26 noyabrdagi 744-son qarori bilan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Ushbu nizomga muvofiq, yerlarning normativ qiymati normativ ko‘rsatkichlar, yer kadastri ma’lumotlari, ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari hamda tuproqning bonitet balli asosida foyda va rentabellikka tayangan daromadli yondashuv orqali hisoblanadi.
Normativ qiymatni aniqlash natijalari davlat yer kadastriga kiritiladi. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining yer maydonlari mazkur baholash obyekti hisoblanadi. Bu jarayon Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir tovar ishlab chiqaruvchi bo‘yicha yer maydonlarining normativ qiymati to‘g‘risida alohida ma’lumotnoma tuzilib, u “Elektron hukumat” tizimi orqali Soliq qo‘mitasiga taqdim etiladi. Hisob-kitob natijalari ming so‘mgacha bo‘lgan aniqlikda rasmiylashtiriladi.