So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Zovurlarni ko‘mib, o‘rniga qurilish qilish qat’iyan taqiqlanadi
Farg‘ona viloyati hududlarida zovurlarni o‘zboshimchalik bilan ko‘mib, ular ustiga noqonuniy ravishda savdo va xizmat ko‘rsatish inshootlari qurish holatlariga barham berilmoqda. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning Uchko‘prik, Buvayda va Bag‘dod tumanlariga amalga oshirgan o‘rganishlari davomida bunday qurilish ishlari to‘liq to‘xtatilib, zovurlarni qayta ochish, qonunga zid inshootlarni buzish hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, maxsus komissiya tuzilib, barcha teskari holatlarning qonuniyligi o‘rganilishi, ekologik talablar va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilishi belgilandi.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bugun Uchko‘prik tumanidagi Yangi bog‘, Buvayda tumanidagi Nayman hamda Bag‘dod tumanidagi Olchin mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, obodonlashtirish ishlari, shuningdek, noqonuniy qurilayotgan bino va inshootlarni ko‘zdan kechirdi.
Mazkur hududlardagi zovurlarni noqonuniy ravishda ko‘mib, tegishli mutasaddi idoralarning ruxsatisiz qurilayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurilishi to‘xtatildi. Zovurlarni qayta ochish va o‘zboshimchalik bilan barpo etilayotgan yengil tipdagi inshootlarni buzdirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Tozalik va ozodalik oyligi doirasidagi ishlar talab darajasida emasligi, zovur va ariqlar tozalanmayotgani, chiqindilarga to‘la ekani tanqid qilinib, hamjihatlik bilan ishlarni tashkil etish vazifasi yuklatildi. Aholi bilan suhbatlashilib, bu yerni obod maskanga aylantirishga kelishildi.
Viloyat hokimining ko‘rsatmasiga muvofiq, maxsus komissiya tuzilib, barcha hududlardagi zovurlar ustiga qurilgan inshootlarning qonuniyligi o‘rganiladi. Jarayonda tegishli idoralardan ruxsat olingani, ekologik, yo‘l harakati xavfsizligi va boshqa qurilish hamda qonun talablariga rioya etilganlik holati atroflicha ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bugundan bunday qurilish ishlari to‘liq to‘xtatilishi belgilandi. Endi bu ishlar viloyat komissiyasining ruxsati bilan qonun talablari asosida amalga oshiriladi.
— Bugun ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni ko‘paytirish dolzarb masala bo‘lib turgan bir paytda, zovurlarni o‘zboshimchalik bilan ko‘mib, qurilish ishlarini amalga oshirishni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa, bunday zax hududlarda melioratsiya tadbirlarida zovurlarning ahamiyati beqiyos, — dedi viloyat rahbari.
Qishloqlar ichidagi zovurlarning ustiga o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshootlarni buzdirish, o‘rnini ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlar ekish va yashil maydonlarni ko‘paytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, noqonuniy qurilishga ruxsat bergan mas’ul rahbarlarga ham qonuniy chora ko‘riladi.