So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Shavkat Mirziyoyev Samarqand—Urgut yangi temiryo‘lida poyezdda safar qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 noyabr kuni Samarqanddan Urgutga yangi qurilgan temir yo‘l liniyasida poyezdda safar qilib, infratuzilma bilan tanishdi va yo‘lovchilar uchun qulayliklar hamda elektrlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
25 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddan Urgutga poyezdda safar qildi. Davlat rahbari bilan jamoatchilik vakillari ham qatnashdi.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand—Urgut yangi temir yo‘l liniyasi joriy yil fevral oyida qurilish ishlari boshlangan va uzunligi 55 kilometrni tashkil etadi. Loyiha doirasida ikki vokzal, “Urgut” iqtisodiy zonasida ikki yuk stansiyasi va bir qator ko‘priklar barpo etilgan. Yaqin kelajakda ushbu yo‘nalish to‘liq elektrlashtiriladi.
Yangi yo‘nalish ikki juft shaharlararo poyezd va to‘qqiz juft yuk poyezdi harakatini ta’minlaydi. Loyihaning to‘liq yakunlanishi orqali yiliga 359 ming yo‘lovchi va 8,2 million tonna yuk tashish imkoni paydo bo‘ladi.
Samarqand shahri, Jomboy, Pastdarg‘om, Toyloq va Urgut aholisi uchun zamonaviy va xavfsiz transport xizmatini taqdim etadigan yangi yo‘nalish ichki turizm va iqtisodiy rivojlanishga ham hissa qo‘shadi. Shuningdek, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi salohiyatini yanada oshirish va 130 ta yangi ish o‘rni yaratishga xizmat qiladi.
Safar davomida prezident temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘lovchilar uchun qulayliklarni oshirish, elektrlashtirish va yo‘nalishga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Yangi yo‘nalish logistik to‘siqlarni kamaytirish, yuk tashishni tezlashtirish va mahsulotlarni bozorlarga o‘z vaqtida yetkazish imkonini beradi.
Urgut vokzalida davlat rahbari vokzal infratuzilmasi, xizmat ko‘rsatish tizimi va yo‘lovchi harakatini tashkil etish masalalariga e’tibor qaratdi. Shu yerda u Urgut tumani faollari bilan muloqot qilib, hududlardagi o‘zgarishlar va aholi turmush tarzi haqida fikr almashdi.