Qidirish

15:04 / 2025-11-14 547 0 Jamiyat

Xorazmda 27 ta lift yangilanmoqda, ammo o‘rnatish jarayonida qator muammolar aniqlandi

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida Xorazm viloyatida ko‘p qavatli uylardagi 27 ta lift uskunalarini yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Biroq o‘rnatish jarayonida uylarning umumiy foydalanish qismiga oid qonunbuzilish holatlari sabab kechikishlar kuzatilmoqda.

world-news

Xorazm viloyatida 45 877 ta xonadondan iborat 1 959 ta ko‘p kvartirali uylar mavjud. Shulardan 1 078 tasi 1991 yilgacha, 196 tasi 1991–2016 yillarda, 685 tasi esa 2016–2024 yillarda qurilgan uylardir. 1 853 ta ko‘p kvartirali uyga 38 ta boshqaruv servis kompaniyalari xizmat ko‘rsatmoqda, 69 tasi mulkdorlar tomonidan, 37 tasi esa turli tashkilotlar balansida.

2025/2026 yillarda kuz-qish mavsumini bezovtaliksiz o‘tkazish maqsadida BSKlarning 5 246,0 mln so‘m mablag‘lari hisobidan 185 ta ko‘p kvartirali uyda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, Prezidentning PQ-410-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 98-sonli qaroriga muvofiq, 10 mlrd 420 mln so‘m budjet mablag‘lari hisobidan viloyatdagi 27 ta lift uskunalarini yangisiga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ammo liftlarni o‘rnatish jarayonida bir qator muammolar aniqlanmoqda. Jumladan, ko‘p qavatli uylardagi umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan qismlar ayrim fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘rab olingan. Bu esa lift uskunalarini o‘z vaqtida o‘rnatishni kechiktirmoqda.

Urganch shahrining “Quhna qal’a” mahallasidan joylashgan 9 qavatli uylarda mazkur holatlarni bartaraf etish maqsadida Xorazm viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi hamda viloyat Qurilish boshqarmasi tomonidan reydlar o‘tkazildi. Inspeksiya xodimlari tomonidan qonunga zid ravishda qurilgan inshootlarni belgilangan muddatda buzdirish bo‘yicha mulkdorlarga majburiy ko‘rsatmalar berildi.

Eslatma: Agar ko‘rsatmalar belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bajarilmasa, uy-joy mulkdorlariga nisbatan MJTKning 159-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 5 barobaridan 10 barobarigacha jarima qo‘llanishi mumkin.

Izohlar 0

Fikr bildirish