So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Qamchiq va Darband yo‘nalishlari uchun Hyundai Rotem tezyurar poyezdlari xarid qilinadi
O‘zbekiston tog‘li hududlarida qatnaydigan temiryo‘l yo‘nalishlarini zamonaviy poyezdlar bilan jihozlash maqsadida Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasidan tezyurar harakat tarkiblarini xarid qilish boshlandi. Ilk poyezdlar 2025 yil dekabridan yetkazib beriladi.
Toshkentdan vodiyga hamda Qashqadaryodan Surxondaryoga ulanuvchi tog‘li temiryo‘llarda harakatlanadigan yangi tezyurar poyezdlar Janubiy Koreyadan xarid qilinadi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Hyundai Rotem kompaniyasidan 6 ta tezyurar harakat tarkibi sotib olinmoqda va ularning ilk partiyasi 2025 yil dekabridan boshlab O‘zbekistonga kela boshlaydi. Mazkur poyezdlar kelasi yildan Buxoro — Miskin — Urganch — Nukus yo‘nalishlarida ham harakatlanishi rejalashtirilgan.
“O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ raisi Zufar Narzullayevning ta’kidlashicha, Qamchiq va Darband dovonlari orqali o‘tuvchi tog‘li yo‘nalishlar uchun 2030 yilgacha yana 8 ta tezyurar poyezd xarid qilinishi ko‘zda tutilmoqda.
Yangi harakat tarkiblari yo‘lovchi qulayligini oshirish, safar vaqtini qisqartirish va tog‘li yo‘nalishlar infratuzilmasini yanada modernizatsiya qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.