Qidirish

14:26 / 2025-11-14 510 0 Jamiyat

“Tartibga solish qumdoni” doirasida ipoteka obligatsiyalari muomalasi tartibi tasdiqlandi

O‘zbekistonda ipoteka bozorini yanada shaffof va tartibli qilib rivojlantirish maqsadida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida ipoteka obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi bo‘yicha yangi tartib tasdiqlandi. Ushbu nizom ipoteka obligatsiyalari emissiyasida talablar, nazorat mexanizmlari va to‘lov tartiblarini aniq belgilab beradi.

world-news

Adliya vazirligi tomonidan “Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida 'Tartibga solish qumdoni' maxsus huquqiy rejimi doirasida ipoteka obligatsiyalarining emissiyasi va muomalasi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizomga muvofiq, “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ ipoteka obligatsiyalari bo‘yicha to‘lov agenti etib belgilandi. Foizlarni to‘lash va obligatsiyalar nominal qiymatini so‘ndirish ushbu depozitariy orqali amalga oshiriladi.

Ipoteka qoplamasiga kiritiladigan ipoteka kreditlari bir qator talablarga javob berishi shart. Jumladan:

kreditning garovga nisbati 75 foizdan kam bo‘lmasligi;

qarz oluvchining qarz yuki ko‘rsatkichi 70 foizdan oshmasligi;

kredit berilganiga kamida 6 oy o‘tgan bo‘lishi.


Bundan tashqari, ipoteka kreditlari bo‘yicha ipoteka va kredit shartnomalari, to‘lovlar jadvali, sug‘urta polisi, garov obyekti mansubligini tasdiqlovchi hujjat va ipoteka shartnomasi ro‘yxatdan o‘tgani to‘g‘risidagi ko‘chirma taqdim etilgan bo‘lishi lozim.

Nizomga muvofiq, ipoteka obligatsiyalari bo‘yicha barcha moliyaviy to‘lovlar faqat Markaziy depozitariy orqali amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Fikr bildirish