So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Kusherbayev ortidan yana bir deputat muddatidan oldin ishdan boʻshadi
Deputatga 2022-yilda bir necha marotaba bosim boʻlgan, biroq aybdorlar jazolanmagan.
Xalq deputatlaridan biri Nuriddin Zaynitdinov ham mahalliy Kengash deputatligidan ketishga qaror qildi. U bu haqda oʻzining telegramdagi rasmiy sahifasida maʼlum qildi.
Zaynitdinov deputat Rasul Kusherbayev bilan yuz bergan holat (https://twitter.com/R_Kusherbayev)ni qoralashini va erkinlik berilmaydigan sharoitda ishlab boʻlmasligini yozgan.
Shuningdek, u oʻziga ham 2022-yilda bir necha marotaba bosim qilingani, biroq aybdorlar jazolanmaganini qoʻshimcha qildi. Zaynitdinovning aytishicha, uning oila aʼzolari va qarindoshlari ham taziyqqa uchragan.
“Men ham mahalliy Kengash deputatligidan ketishga qaror qildim. Bu qaror vaqt masalasi edi... Yaxshi-yomon gaplarga rozi boʻlinglar.
Meni faoliyatimni qoʻllab-qoʻvvatlab kelgan xalqimizga hurmatim cheksiz. Agar ishonchingizni oqlay olmagan boʻlsam, ming bor uzr soʻrayman. Bunday qaror qabul qilganimdan afsusdaman, bu oson boʻlmadi”, — deya soʻzlarini yakunlaydi deputat.
Mavzuga doir: Kusherbayevning ketishini jamoatchilik faollari juda ogʻir qabul qilmoqda
Izohlar 1
Азизхон Набиев
2022-Dec-24 17:45Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir