So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Bo‘stonliqda turizm salohiyatini oshiradigan yangi “Chimyon” umummavsumiy kurorti qurilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliq tumanida qurilayotgan “Chimyon” umummavsumiy kurorti bilan tanishib, uning hudud turizm salohiyatini oshirish, minglab ish o‘rinlari yaratish va mahalliy aholi uchun barqaror daromad manbai ta’minlashdagi ahamiyatini qayd etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida qurilayotgan “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurorti imkoniyatlari bilan tanishdi.
So‘nggi yillarda hududda turizm infratuzilmasi keng rivojlanib, Amirsoy, Chinorkent, Chorvoq darvozasi kabi yirik majmualar, zamonaviy mehmonxonalar va dam olish maskanlari ishga tushirilgan. Endilikda ular qatoriga Fransiyaning MND kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Chimyon” kurorti ham qo‘shilmoqda. Loyiha uchun 1 278 gektar maydon ajratilgan.
Majmua doirasida mehmonxonalar, apart-otellar, restoranlar va dengiz sathidan 3 300 metr balandlikkacha osma dor yo‘li quriladi. Bu yerda qish faslida chang‘i va snoubord, yilning qolgan davrida esa tog‘ sayyohligi va hordiq chiqarish imkoniyatlari yaratiladi.
6 qavatli, 320 o‘rinli mehmonxona “Wyndham” brendi bilan boshqarilib, yiliga o‘rtacha 45 ming turistga xizmat ko‘rsatishi mo‘ljallangan. Shuningdek, 7 va 5 qavatli apart-otellar, 7 qavatli mehmonxona va 2 qavatli restoran qurilib, ularda yiliga 54 mingdan ortiq mehmonni qabul qilish rejalashtirilgan. Majmuada 100 dan ziyod kishi ish bilan ta’minlanadi.
Hududdagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish maqsadida avtomobil yo‘llari ham yangilanmoqda. Xususan, 1 450 metrlik tunnel, 2 ta ko‘prik va piyodalar yo‘laklari barpo etilmoqda. Bu yo‘l transport harakatini yengillashtirib, xavfsizlikni ta’minlaydi hamda turistlar oqimini oshiradi.
“Chimyon” kurorti faoliyati samarasida xizmat ko‘rsatish sohasida minglab ish o‘rinlari yaratiladi, mahalliy aholi uchun barqaror daromad manbai paydo bo‘ladi. Ushbu loyiha nafaqat turistlarga qulaylik yaratadi, balki O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va investitsiyaviy jozibadorligini ham oshiradi.