Qidirish

07:55 / 2025-09-15 1946 0 Jamiyat

Sakkiz oyda 3 mingga yaqin bola turli jinoyatlardan jabrlandi

2025 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda qariyb 3 ming bola turli jinoyatlar qurboni bo‘ldi, shu jumladan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarning soni 40 foizdan ziyodni tashkil qildi.

world-news

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda 2872 nafar voyaga yetmagan shaxs turli jinoyatlardan jabr ko‘rdi. Shu jumladan, 1225 nafar (42,7%) 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar edi.

Jabrlanuvchilar orasida 1475 nafari ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, 956 nafari uncha og‘ir bo‘lmagan, 284 nafari og‘ir va 157 nafari o‘ta og‘ir jinoyatlar qurboni bo‘lgan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari ortib borayotganini ta’kidladi. «Afsuski, jabrlanuvchilar ko‘p hollarda ayblanadi yoki sukut saqlashga majbur qilinadi. Biz aynan shu sukut madaniyatiga qarshi qat’iyat bilan kurashishimiz zarur», — dedi u.

Olloyorovning so‘zlariga ko‘ra, agentlik ishonch telefoniga kelgan murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan uch barobarga ko‘paygan. Shuningdek, internet orqali sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda va pedagog hamda tarbiyachilar bolalarni himoya qilish majburiyatlarini bajarmaslik uchun javobgarlikka tortilishi belgilangan.

Izohlar 0

Fikr bildirish