Qidirish

18:06 / 2025-08-25 324 0 Jamiyat

Kelasi yildan futbol oʻyinlariga chipta olish uchun shaxsni tasdiqlash talab etiladi

Oʻzbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-262-son) imzolandi.

world-news

Unga koʻra, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining quyidagi imkoniyatlarga ega “Milliy futbol elektron platformasi” axborot tizimini (keyingi oʻrinda axborot tizimi) yaratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullangan:

xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi talablariga muvofiq stadionlardagi audio va videotasvirlarni bir nuqtaga uzatish orkali futbol uchrashuvlarida video yordamchi hakam (VAR) tizimini yanada kengaytirish;
futbol akademiya va maktablari, shu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablari oʻquv mashgʻulotlarini onlayn nazorat qilish, futbolchilarning tibbiy va jismoniy koʻrsatkichlarini monitoring qilish hamda shaffof seleksiya tizimini joriy qilish;
sohada amalga oshiriladigan loyihalarning konsepsiyalari, texnik-iqtisodiy parametrlari va boshqa loyiha (loyihaoldi) hujjatlarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazish;
futbol akademiya va maktablari, shu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablarida xodim, trener va futbolchilar davomatini yuritish, videokonferensaloqa tizimini tashkil etish.

Shuningdek, futbol akademiya va maktablari, shu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablari bosqichma-bosqich axborot tizimiga ulanadi.

Bundan tashqari:

tajriba-sinov tariqasida futbol akademiya va maktablarining oʻquv mashgʻulotlarini onlayn kuzatish, futbolchilar seleksiyasi hamda tibbiy va jismoniy koʻrsatkichlarini monitoring qilish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
2026-yil 1-martga qadar futbol akademiya va maktablari Oʻzbekiston futbolini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan shaxsni biometrik identifikatsiya qilish imkoniyatiga ega planshetlar bilan taʼminlanadi;
2026-yil 1-martdan boshlab futbol oʻyinlariga chiptalarni xarid kilish shaxsni identifikatsiya qilish hamda matritsali shtrix-kod (QR kod) texnologiyalarini qoʻllashni nazarda tutuvchi maxsus onlayn axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Milliy futbol markazida:
iqtidorli futbolchilarni erta aniqlash boʻyicha Raqamli futbol situatsion markazi tashkil etiladi hamda uning faoliyatiga tajribali murabbiylardan iborat tahlilchilar jalb etiladi;
futbol uchrashuvlarini markazlashgan tarzda video yordamchi hakam (VAR) tizimidan foydalangan holda kuzatish uchun “VAR” markazi tashkil etiladi;
axborot tizimidagi maʼlumotlarni saqlash uchun “DATA futbol” markazi tashkil etiladi;
2026-yil 1-aprelga qadar futbol akademiya va maktablari, shu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablarida oʻquv mashgʻulotlarini onlayn kuzatish, futbolchilar seleksiyasi hamda ularning tibbiy va jismoniy koʻrsatkichlarini monitoring qilish imkonini beruvchi maxsus dastur va mobil ilova ishga tushiriladi;
2026-yil 1-dekabrga qadar axborot tizimi “Raqamli sogʻliqni saqlashning yagona platformasi” axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

Izohlar 0

Fikr bildirish