So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Maktablarda majburiy pul yigʻimlari: Qonun va аmaliyot oʻrtasidagi ziddiyat
Konstitutsiya (50-modda): davlat barchaga bepul umumiy oʻrta taʼlimni kafolatlaydi.
Qonun va Konstitutsiya nima deydi?
Konstitutsiya (50-modda): davlat barchaga bepul umumiy oʻrta taʼlimni kafolatlaydi. “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun: moliyalashtirish davlat byudjeti hisobidan amalga oshirilishi shart.
Vazirlar Mahkamasi qarori (2021): ota-onalardan pul yigʻish qatʼiyan man etiladi. Bir soʻz bilan aytganda, davlat barcha asosiy infratuzilmalarni taʼminlab berishi kerak.
Maktablarda “sinf fondi”, “taʼmir fondi”, “oyna fondi” degan bahonalar bilan pul yigʻish hali ham davom etmoqda. Fargʻona shahri 8-maktab misoli: bolalar stulsiz, pardasiz qolgan. Maʼmuriyatning tayyor javobi esa bitta – “ota-onalar pul yigʻsin”.
Milliardlab mablagʻlar ajratilayotganiga qaramay, natijada ota-onalar qoʻshimcha xarajatga majbur boʻlyapti. Davlat organlari oʻz majburiyatini bajarmayapti. Fuqarolar soliq toʻlayapti, qonunga amal qilayapti, ammo davlat tomonidan kafolatlangan xizmat bepul va sifatli taʼlim toʻliq taʼminlanmayapti.
Nazorat organlari sust ishlayapti. Qonun va qarorlar bor, ammo ijrosi yoʻq. Bu tizimning asosiy muammosi. Kuzatuv kengashlari faqat qogʻozda mavjud, amalda esa ular jamoatchilik manfaatini himoya qilolmayapti.
Fuqarolar oʻz burchini bajarishda soliq toʻlash, farzandini maktabga yuborishda masʼuliyatli. Davlat esa oʻz burchini taʼlimni bepul va toʻliq taʼminlashni bajarmayapti. Bu esa ijtimoiy shartnomani buzish demakdir.
Milliardlab mablagʻlar yoʻnaltirilmoqda, lekin ularning shaffofligi va hisobdorligi taʼminlanmayapti. Nazorat organlari faoliyatini kuchaytirish – ular haqiqiy javobgarlikka tortilishi shart.
Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish – ota-onalar va mahalliy kengashlar mablagʻ sarfini ochiq nazorat qilishi lozim. Shaffof hisobot tizimi – har bir maktabga ajratilgan mablagʻlar haqida onlayn maʼlumotlar ochiq boʻlishi shart.
Ota-onalarning huquqiy hushyorligi – majburiy yigʻimlarga qarshi turish va qonuniy yoʻl bilan shikoyat qilish zarur. Davlat qonun oldida oʻz majburiyatini bajarmasa, fuqarolar davlatga ishonchi yoʻqoladi.
Fuqaro burchini ado etyapti, ammo davlat tomonidan burch bajarilmayapti bu eng katta adolatsizlik. Agar bu tizim oʻzgarmasa, farzandlarimiz qonunga ishonmasdan, “pul yigʻim” orqali masala hal boʻladi degan xulosaga keladi.