So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oʻzbekistonda oilalar soni 10 milliondan oshdi
Eng koʻp oilalar Fargʻona va Samarqand viloyatlarida qayd etilgan.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 1-yanvar holatiga mamlakatda 10 million 244 mingdan ortiq oila mavjud. Eng koʻp oilalar Fargʻona va Samarqand viloyatlarida qayd etilgan. Toshkent shahrida esa bir milliondan ziyod oila yashamoqda.
1-iyul holatiga doimiy aholi soni qariyb 38 million kishiga yetgan. Shuning 19,1 millioni erkaklar, 18,8 millioni ayollardir. Shaharlarda 19,3 million, qishloqlarda esa 18,6 million kishi istiqomat qiladi.
Oila tarkibiga oid kuzatuvlar aholi hayotidagi muhim tendensiyalarni koʻrsatadi. Masalan, 2025-yil boshida 3 aʼzodan iborat uy xoʻjaliklari ulushi 11,2 foizni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich soʻnggi oʻn besh yil ichida izchil oʻsib kelmoqda. Shuningdek, toʻrt va undan ortiq farzandli oilalar ulushi 8,5 foizga yetdi.
Aholi zichligi boʻyicha Toshkent shahri 1 km² ga deyarli 7 ming kishi toʻgʻri kelishi bilan birinchi oʻrinda turibdi. Andijon va Fargʻona viloyatlari ham zich hududlar qatoriga kiradi. Eng kam koʻrsatkich esa Navoiy viloyatida qayd etilgan.
Shuningdek, 15–49 yosh toifasiga kiruvchi ayollar soni 9,4 millionga yetdi. Bu koʻrsatkich yillar davomida barqaror oʻsib, mamlakatda demografik jarayonlar va ijtimoiy siyosat uchun muhim omilga aylanmoqda.
2025-yilning yanvar—aprel oylarida 266 mingdan ziyod tirik tugʻilish qayd etildi. Eng koʻp chaqaloqlar Samarqand va Fargʻona viloyatlarida dunyoga keldi. Bu raqamlar aholi tarkibidagi tabiiy oʻsishni yanada tasdiqlaydi.