So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Toshkent viloyatida toʻydan uch kun oʻtib kelinning jasadi topildi
Prokuratura jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etgan.
2025-yil 3-aprel kuni Jannat ismli qiz Toshkent viloyatining Keles shahriga turmushga uzatilgan.
Onasining soʻzlariga koʻra, qiz baxtli edi va turmush qurishga oʻzi rozi boʻlgan. Biroq toʻydan uch kun oʻtib, 6-aprel kuni qizining jasadi oila aʼzolariga topshirilgan.
Marhumaning onasi Millar dasturiga bergan intervyusida, qizi boʻgʻib oʻldirilganini taxmin qilmoqda.
Qaynona esa oʻlim vaqtida uyda hech kim boʻlmaganini aytib, kelin oʻz joniga qasd qilganini daʼvo qilgan. Onaning taʼkidlashicha, bunday versiya haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
Bosh prokuratura vakili Xayot Shamsutdinovga koʻra, tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruvda jinoyat alomatlari aniqlanmagan va shu sababli jinoyat ishi qoʻzgʻatilmagan. Hozircha sudga oid tibbiy ekspertiza oʻtkazilgani yoki yoʻqligi nomaʼlum.