So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi 44,4 mlrd dollarga yetdi
Joriy yilning yanvar–iyul oylarida Oʻzbekiston tashqi savdo hajmi sezilarli darajada oʻsgan.
Asosiy omil sifatida oltin eksporti qayd etilmoqda.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 7 oylik davrda tashqi savdo aylanmasi 44,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 7,4 mlrd dollarga yoki 19,9 foizga koʻpdir. Shu bilan birga, savdo balansida 4,1 mlrd dollarlik manfiy saldo qayd etilgan.
Eksport hajmi 20,1 mlrd dollarga yetib, oʻtgan yilga nisbatan 34,9 foizga oshgan. Umumiy eksportning qariyb 38 foizini 7,6 mlrd dollarlik nomonetar oltin egalladi. Shuningdek, sanoat tovarlari (11,1 foiz), oziq-ovqat va tirik hayvonlar (7,5 foiz), kimyoviy vositalar (5,8 foiz), mineral yoqilgʻi va moylash materiallari (4,4 foiz) asosiy eksport yoʻnalishlari boʻldi.
Shuningdek, import hajmi 24,3 mlrd dollarga yetib, 9,9 foizga koʻpaygan. Uning tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari 33,3 foiz, sanoat tovarlari 16 foiz, kimyoviy mahsulotlar 12,8 foiz ulushga ega boʻldi. Jami tovarlar importi 21,8 mlrd dollarga yetdi, xizmatlar importi esa 2,5 mlrd dollarni tashkil qildi.
Iyul oyi kesimida mamlakat 1,1 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Shu orqali yil boshidan buyon umumiy oltin eksporti 7,7 mlrd dollarga yetdi, bu esa oʻtgan yilga nisbatan 83,7 foizga koʻp. Eksport umumiy hajmi 3,2 mlrd dollar boʻlib, 75,5 foizlik oʻsish qayd etildi. Oltinsiz eksport 15,1 foizga, oltin, energetika va xizmatlarsiz eksport esa 11,6 foizga koʻtarildi. Shu bilan birga, energetika mahsulotlari eksporti 28,9 foizga qisqardi.
Tashqi savdoda Xitoy asosiy hamkor boʻlib qolmoqda. Joriy yilning yetti oyida Xitoy bilan savdo aylanmasi 8,1 mlrd dollarga yetdi. Rossiya bilan savdo hajmi 7,2 mlrd dollar, Qozogʻiston bilan esa 2,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Iyul oyida Xitoyga eksport 6,6 foizga, Turkiyaga esa 26,4 foizga oʻsdi. Shuningdek, Afgʻoniston (26,9 foiz), Qirgʻiziston (2,3 barobar) va Pokistonga (49,4 foiz) eksport yuqori surʼatlarda oʻsgani qayd etildi.