So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Tiktoker "Abdulloh qori" qamaldi
Abdulloh nomi bilan tanilgan Valeriy Yugay 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Hukm hali qonuniy kuchga kirmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda Abdulloh nomi bilan tanilgan tiktoker Valeriy Yugay 3-yil 1 oyga qamaldi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Jinoyat ishlari boʻyicha Nurafshon shahar sudining hukmi bilan Valeriy Yugay Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish) 2-qismi va 158-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 3-yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda oʻtab berishi belgilangan. Hukm qonuniy kuchga kirmagan. Yugay birinchi instansiya sudining hukmi ustidan belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqli.
Valeriy Yugay 2024-yil oktyabr–noyabr oylarida Janubiy Koreyada boʻlgan vaqtida ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali millatlararo nizo keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan, milliy qadr-qimmatni tahqirlovchi hamda diniy eʼtiqodga koʻra fuqarolarni kamsituvchi soʻzlar bilan Oʻzbekiston fuqarolariga nisbatan qator haqoratli chiqishlar qilgan.
Tiktoker joriy yil 25-mart kuni Abu Dabi-Samarqand reysi orqali Oʻzbekistonga keltirilib, huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan protsessual tartibda ushlangan edi.