So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
“Open budget”ning targʻibot bosqichiga start berildi
Joriy yildagi 2-mavsum gʻoliblari 1-sentyabr – Mustaqillik bayrami kuni eʼlon qilinadi.
2-mavsum doirasida fuqarolar tomonidan 22 ming 623 ta taklif kelib tushgan hamda 18 ming 656 ta taklif saralash bosqichidan oʻtkazilgan.
Bugun, 19-avgustdan boshlab “Ochiq byudjet” portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi doirasida saralash bosqichi yakunlandi hamda targʻibot bosqichiga start berildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Unga koʻra, 2-mavsum doirasida fuqarolar tomonidan 22 ming 623 ta taklif kelib tushgan hamda 18 ming 656 ta taklif saralash bosqichidan oʻtkazilgan. Saralashdan oʻtgan loyihalar uchun 3 kunlik targʻibot bosqichi oʻtkaziladi. Bunda tashabbuskorlar saralashdan oʻtgan loyihalarni targʻib qilish orqali ovoz berish bosqichiga tayyorgarlik koʻradi.
Maʼlumot uchun, loyiha kiritish bosqichi – 15-iyul -3-avgust, saralash bosqichi – 4-18-avgust, targʻibot bosqichi – 19-21-avgust, ovoz berish bosqichi – 22-31-avgust kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.