Qidirish

17:48 / 2025-08-14 755 0 Jamiyat

Yangi Toshkent metro liniyasi 2026-yilda qurib bitkaziladi

Bu haqda “Yangi Toshkent” shahrini barpo etish direksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

world-news

Maʼlum qilinishicha, Turkiyaning “Xvav Yapi Sanayi Ve Tic.A.S.” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha qiymati 110 million dollarga baholangan. Mablagʻlarning 11 million dollari 2025-yilda, qolgan 99 million dollari esa 2026-yilda oʻzlashtirilishi belgilangan.

Keltirilishicha, loyiha doirasida 8 kilometr uzunlikdagi 3 ta bekatdan iborat metro liniyasi quriladi.

Maʼlumot uchun, Yangi Toshkent shahriga boradigan metro yoʻli hozirgi “Doʻstlik” metro bekatidan boshlanadi. Uzunligi 21 kilometr, 9 ta bekatdan iborat boʻlishi kutilayotgan bu metro kuniga 230 minggacha yoʻlovchilarni qamrab ololadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 16-iyun kuni mazkur loyiha taqdimoti bilan tanishib, masʼullarga qurilish sifati va madaniyatini oshirish, odamlarga qulay sharoitlar yaratish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi.

Izohlar 0

Fikr bildirish