So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Xorvatiyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Hozirda ikkala qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoro shahrida yashovchi, 1997-y.t., muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir qilgan shaxs Toshkent shahri, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida istiqomat qiluvchi 3 nafar fuqaroga oʻzini goʻyoki sayyohlik firma vakili sifatida tanishtirib, ularning ishonchiga kiradi.
Soʻngra Xorvatiya davlatida tanishlari borligini aytib, ularni ishchi viza asosida ushbu mamlakatga ishga yuborish evaziga 6000 AQSH dollari talab qiladi.
DXX Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi hamda IJQKD xodimlari hamkorligida Yakkasaroy tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u soʻralgan pul mablagʻidan 3000 AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Bu kabi firibgarlik holati Namangan viloyatida ham qayd etilib, xususan, Namangan shahrida yashovchi, 1999-y.t. shaxs aldov yoʻli bilan 3 nafar hamshaharining ishonchiga kiradi.
Mazkur shaxs hozirda Xorvatiya davlatida ishlovchi akasining koʻmagida ularni ushbu mamlakatga ishlash uchun yuborish evaziga har biridan 2600 AQSH dollari, jami 7800 AQSH dollari talab qiladi.
Ammo, u Yangi Namangan tumanida ushbu pul mablagʻidan 3900 AQSH dollarini olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.