So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oʻzbekistonda iyul oyida yangi avtomobil sotuvlari rekord darajada oshdi
2025-yil iyul oyida Oʻzbekiston avtomobil bozorida sotuvlar sezilarli oshdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) xulosasida maʼlum qilindi.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu oyda 116,8 mingta avtotransport vositasi sotilgan. Bu iyun oyiga nisbatan 27 foizga koʻp boʻlib, 2024-yil yanvaridan beri eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.
ITIM ekspertlariga koʻra, yengil avtomobillar segmentidagi oʻsish aholi xarid qobiliyati tiklanayotganini va talabning hududlar boʻyicha kengayayotganini koʻrsatmoqda.
Jami yengil avtomobillar sotuvi qariyb 100 mingtaga yetdi, bu oʻtgan oyga nisbatan 25 foiz koʻpdir. Eng katta oʻsish Toshkent viloyatida (51%), Namangan viloyatida (49%) va Xorazm viloyatida (40%) qayd etildi.
Birlamchi bozorda ham ijobiy dinamika kuzatildi. Yaʼni, iyul oyida yangi yengil avtomobillar sotuvi 38,2 foizga oshib, 38,4 mingtaga yetdi.
Shu jumladan, mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar hali ham bozorda ustuvor oʻrinni egallab, 32,9 mingta sotuv bilan 38,6 foiz oʻsish qayd etdi.
Chet elda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar sotuvi ham oʻsish qayd etib, 5,4 mingtaga yetdi. Bu iyun oyiga nisbatan 35,8 foiz koʻpdir.