So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Davlat rahbaridan ulkan tashabbus
Prezident topshirigʻiga asosan toʻqimachilikda faoliyat yuritayotgan 200 dan ortiq tadbirkorlarning fikrlari oʻrganildi.
“Ularni qiynayotgan masalalar bilan toʻliq tanishdim. Hozir yechimlarini aytaman. Bugundan toʻqimachilikda "dolzarb yuz kunlik" eʼlon qilamiz", dedi davlat rahbari.
Avvalo, ahvoli yomonlashgan ayrim korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish va tannarxni kamaytirish choralari belgilab olindi.
Joriy yilda klasterlarning kreditdan qarzdorligini garov qoʻyish sharti bilan 5-yilgacha uzaytirishga ruxsat berildi. Endilikda garov qoʻygan klasterlar faqat asosiy qarzni toʻlaydi.
Qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasi va banklarga hisoblanadigan foizlar esa asosiy qarz toʻliq qoplanganidan keyin undiriladi. Bu orqali klasterlarda yiliga 800 milliard soʻm aylanma mablagʻ qoladi. Agar klasterlar ham asosiy qarz, ham foizini oʻz vaqtida toʻlasa, foizning Jamgʻarmaga ketadigan qismining yarmi tadbirkorga qaytariladi.
Klasterlarga 2022-2023-yillar hosili uchun berilgan kredit boʻyicha 1-avgust holatiga yuzaga kelgan 377 milliard soʻmlik penyadan voz kechiladi.