So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi
“Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–247-son, 12.08.2025-y.) qabul qilindi.
Quyidagilar ushbu qarorning asosiy maqsad va ustuvor vazifalari etib belgilandi, jumladan:
yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning ixtiyoriy ravishda rasmiy sektorda ishlashini ragʻbatlantiruvchi raqobatbardosh va shaffof tadbirkorlik muhitini shakllantirish;
maʼmuriy tartib-taomillarning takrorlanuvchi va ortiqcha talablarini bekor qilish;
davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan tortib hisobotni topshirishgacha boʻlgan barcha asosiy xizmatlarni birlashtiruvchi integratsiyalashgan raqamli platformalar yaratish;
naqdsiz toʻlovlarni qabul qilish uchun qulay va samarali mexanizmlarni joriy etish.
Qarorga koʻra, yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga davlat va moliyaviy xizmatlarni onlayn tarzda koʻrsatish boʻyicha maxsus huquqiy rejim joriy etiladi.
2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar bekor qilinadi:
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash tartibi;
soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan daromadi yuz million soʻmdan oshmagan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni aylanmadan olinadigan soliq toʻlashdan ozod qilish tartibi.
Yillik aylanmasi 1 milliard soʻmgacha boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi.