Qidirish

20:09 / 2025-08-12 107 0 Jamiyat

Vyetnam Adliya vazirligi sud qarorlarini ijro etish boshqarmasi vakillari uchun taqdimot tashkil etildi

Joriy yilning 8-avgust sanasida “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” asiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda Vyetnam Sotsialistik Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazildi.

world-news

Vyetnam Adliya vazirligi Fuqarolik ishlari bo'yicha sud qarorlarini ijro etish boshqarmasi boshlig'i, Danang shahri hamda Ninbin provinsiyasi departamenti boshliqlari, Milliy majlis Qonunchilik va sud masalalari qo‘mitasi ekspertlaridan iborat delegatsiya a'zolari uchun “E-auksion” elektron savdo platformasi faoliyati to'g'risida taqdimot tashkil etildi.

Taqdimotda Jamiyat direktori S.Murodov tomonidan "E-auksion" platformasi orqali mulklarni realizatsiya qilish, auksion oldi va auksion jarayonlari, onlayn savdolar natijalari xususida batafsil ma'lumot berildi.

Taqdimot yakunida xorijlik delegatsiya rahbari Nguen Loy O'zbekiston Respublikasida sud hujjatlarini ijro etish va onlayn auksion savdolari orqali mulklarni sotish sohasida yo'lga qo'yilgan ilg‘or tajriba va islohotlar yuzasidan o'z fikrlarini bildirib, tashkil etilgan taqdimot uchun o'z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Izohlar 0

Fikr bildirish