So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oʻzbekistonda korxona va tashkilotlar soni 462,2 mingtaga yetdi
2025-yil 1-avgust holatiga koʻra, mamlakatdagi korxona va tashkilotlar soni oʻtgan yilga nisbatan 1112 taga koʻpaydi.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, joriy yil 1-avgust holatida Oʻzbekistonda 462,2 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1 112 taga koʻpdir. Faoliyat koʻrsatayotgan subyektlarning 392,4 mingtasi yoki 84,9 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga toʻgʻri keladi.
Hududlar kesimida eng koʻp korxona va tashkilotlar Toshkent shahrida joylashgan — 104,2 mingta. Eng past koʻrsatkich Sirdaryo viloyatida qayd etilgan — 11 853 ta.
Sohalar boʻyicha savdo tarmogʻi eng katta ulushga ega boʻlib, umumiy hisobda 32,6 foizni tashkil etadi. Ikkinchi oʻrinda sanoat sohasi (12,7 foiz), uchinchi oʻrinda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi (7,4 foiz) joy olgan.
Mamlakatdagi 396,4 mingta tijorat tashkilotlaridan 306,2 mingtasi yoki 77,3 foizi masʼuliyati cheklangan jamiyatlardir. Chet el investitsiyasi ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 16 609 tani tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 2 343 taga koʻpaygan.
Shu jumladan, 4 094 tasi qoʻshma korxona, 12 515 tasi toʻliq xorijiy korxonalardir. Oʻzbekistonda eng koʻp faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy korxonalar Xitoyga tegishli boʻlib, ularning soni 4 250 tani tashkil qiladi.