Qidirish

12:05 / 2025-08-12 180 0 Jamiyat

Qimor xizmatlarini reklama qilgani uchun ikki bloger javobgarlikka tortildi

Oʻzbekiston Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi qimor xizmatlarini reklama qilgan ikki blogerga nisbatan choralar koʻrdi.

world-news

Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida yuz minglab obunachilarga ega ayrim blogerlar oʻz sahifalarida “Melbet” bukmekerlik xizmatlarini reklama qilgani aniqlangan.

Xususan, A.X. (amirxon_uzbek) va D.I. (donik_krash) ismli blogerlarning videoroliklarida ushbu bukmekerlik kompaniyasi faoliyati targʻib qilingan.

Ular belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortildi, tegishli hujjatlar sudga yuborildi.

Oʻzbekiston Respublikasining «Reklama toʻgʻrisida«gi Qonuniga koʻra, mamlakat hududida qimor oʻyinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni reklama qilish taqiqlanadi. Bunday faoliyatni reklama qilish tegishli javobgarlikka sabab boʻladi, — deya taʼkidladi qoʻmita vakillari.

Izohlar 0

Fikr bildirish