So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
“A.U.Ye.”dan ehtiyot boʻling
Soʻnggi yillarda yoshlar orasida turli jinoiy guruh va submadaniyatlarning taʼsiri keskin oshmoqda.
Shulardan biri – “A.U.Ye.” deb ataluvchi jinoiy harakat boʻlib, u nafaqat oʻsmirlarni, balki chet elga, ayniqsa Rossiyaga borib ishlayotgan fuqarolarimizni ham oʻz domiga tortayotgani bilan jiddiy xavotir uygʻotmoqda. Bu orqali nafaqat ota-onalar, balki mehnat muhojirlarini ham ogohlikka, hayoti va erkinligiga befarq boʻlmaslikka chaqiramiz.
“A.U.Ye.” oʻzi nima va u qayerda shakllangan?
“A.U.Ye.” (“Arestantskiy uklad yedin” — “Mahbuslar qoidasi yagona”) — Rossiya Federatsiyasida paydo boʻlgan boʻlib, u yerda jinoyatchilikning alohida shakli sifatida eʼtirof etilgan xavfli harakatdir. U “oʻgʻrilar qonunlari”ni ideallashtirib, qamoqxona madaniyatini oddiy hayotga singdirishni maqsad qilgan.
Rossiyada bu harakat 2020-yilda rasman ekstremistik tashkilot sifatida taqiqlangan, uning faoliyati uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Oʻzbekiston fuqarolari nima uchun bundan ogoh boʻlishi kerak?
Afsuski, bu tuzilma taʼsiri Rossiyada vaqtinchalik ishlab yurgan ayrim Oʻzbekiston fuqarolariga ham yetib bormoqda. Ommaviy axborot vositalarida va rasmiy manbalarda qayd etilishicha, soʻnggi yillarda bir nechta yurtdoshlarimiz A.U.Ye. harakatini qoʻllab-quvvatlagani yoki unda ishtirok etgani uchun Rossiya qonunchiligiga asosan jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu holat nafaqat ularning erkinligiga, balki Oʻzbekiston fuqarolari imidjiga ham salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Xoʻsh, A.U.Ye. qanday targʻib qilinadi?
Guruh aʼzolari asosan internet orqali — ijtimoiy tarmoqlar, chatlar va videoplatformalarda oʻz saflariga odam jalb qilishadi. Shuningdek, ular mehnat muhojirlari orasida ham “bratva”, “obщak”, “zakon po ponyatiyam” kabi iboralar orqali taʼsir oʻtkazishga harakat qilishadi. A.U.Ye. safida yurish shunchaki “ishdan keyingi doʻstona guruh” emas — bu harakat bilan bogʻlanish insonni jinoiy faoliyatga tortadi.
Bu harakatga aloqadorlik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq, A.U.Ye. harakatlariga aloqadorlik uchun 300 ming rubldan 600 ming rublgacha jarima, yoki 1-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 1-yildan 4-yilgacha majburiy mehnat (axloq tuzatish) ishlariga jalb etish, yoxud 2-yildan 6-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Ishsizlik, deportatsiya, insonning huquqiy maqomi, erkin harakat qilish va oila kelajagini xavf ostiga qoʻyadi.
Shu oʻrinda ota-onalar va fuqarolarga murojaat: Farzandlaringiz kimlar bilan gaplashmoqda?
Rossiyada mehnat qilayotgan tanishlaringiz, qarindoshlaringiz atrofida kimlar bor?
“Zakon po ponyatiyam”, “obщak”, “smotryaщiy” kabi atamalarni eshitdingizmi?
Bu kabi belgilarni jiddiy qabul qiling. Har bir kechiktirilgan soʻz — ertaga fojiaga aylanishi mumkin.
Xulosa oʻrnida:
A.U.Ye. — bu faqat Rossiyada emas, balki xorijda mehnat qilib yurgan yurtdoshlarimiz uchun ham real tahdid. Jinoyat yoki “oʻgʻrilar qonuni” orqali hurmat qozonishni emas, halol mehnat va oilaviy baxtni qadrlash kerak. Nafaqat farzandlaringizni, balki oʻz kelajagingizni ham jinoiy tuzilmalardan asrang. Ogoh boʻling!