So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Rossiyada oʻzbekistonlik migrant 50 yoshli nogironni oʻldirib qoʻydi
Migrantga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va hibsga olingan.
Rossiyaning Moskva viloyatiga qarashli Shyolkovo shahrida sodir boʻlgan ayanchli voqea boʻyicha tergov harakatlari boshlandi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 26 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi tomonidan 50 yoshli kar-soqov erkakka nisbatan jismoniy kuch qoʻllanilishi oqibatida u vafot etgan.
Voqea 2025-yil 20-iyul kuni chiqindi konteynerlari yaqinida yuz bergan. Mahalliy boshqaruv kompaniyasida vaqtinchalik ishchi sifatida faoliyat yuritayotgan ikki muhojir axlatni saralayotgan paytda, kar-soqov erkak ishoralar orqali norozilik bildirgan. Gumonlanuvchilar uning harakatlarini tajovuz sifatida qabul qilganliklarini bildirishgan.
Shundan soʻng, migrantlardan biri uni kaltaklagan. Jabrlanuvchining qorniga ikki marta, boshiga esa bir marta kuchli zarba berilgani aniqlangan. Erkak hech qanday qarshilik koʻrsatmagan boʻlsa-da, yiqilib tushganidan soʻng boshini yerga urib, ogʻir jarohat olgan. Gumonlanuvchilar hodisa izlarini yashirish maqsadida uning jasadini butalar orasiga olib borib, voqea joyidan qochib ketgan.
Tergovchilar kuzatuv kameralari orqali jinoyat tafsilotlarini aniqlab, gumonlanuvchini qoʻlga olishga muvaffaq boʻlishdi. U Rossiyada noqonuniy yashab kelgan boʻlib, hozirda hibsda saqlanmoqda.
Unga nisbatan “Ehtiyotsizlik oqibatida oʻlimga olib kelgan ogʻir tan jarohati yetkazish” moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.