So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Noqonuniy benzin sotgan “zapravka” jarimaga tortildi
Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar qildi.
Andijonda davlat qiyoslov koʻrigidan oʻtmay benzin sotgan “zapravka”ga nisbatan jarima qoʻllandi. Inspeksiyaning Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Baliqchi tumani “Eski Markaz” MFYda joylashgan “O.G.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu AYOQSHagi yoqilgʻi tarqatish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov koʻrigidan oʻtkazish muddatiga amal qilinmasdan isteʼmolchilarga Ai-80 markali avtobenzin sotilayotganligi aniqlandi.
Tekshiruv yakunida Oʻzbekiston Respublikasining 940-sonli qonunining 43-moddasiga koʻra, ushbu AYOQSHga nisbatan realizatsiya qilingan 10 302 litr avtobenzin qiymatining 50 foizi – 42,8 million soʻm miqdorida jarima qoʻllanildi.
Avvalroq Jizzax viloyatida aholiga sifatsiz neft mahsulotlarini sotayotgan avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasiga nisbatan chora koʻrilgani toʻgʻrisida xabar qilgandik.