So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Oʻzbekistonda oltin-valyuta zaxiralari 6 oy ichida birinchi marta kamayd
Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi 2024-yil dekabridan buyon birinchi marta pasaydi.
Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil 1-iyul holatiga koʻra, zaxiralardagi aktivlarning umumiy qiymati 48,55 milliard dollarni tashkil etdi. Bu oʻtgan oyga nisbatan 1,11 milliard dollarga yoki 2,24 foizga kamdir. Iyun oyida oltin-valyuta zaxiralari hajmi 49,66 milliard dollarni tashkil etgandi.
Oltin zaxiralari bir oyda 763 million dollarga oshib, 38,42 milliard dollarga yetib qiymat jihatidan rekord yangiladi. Bu oltin zaxirasi fizik hajmining oshishi (11,4 milliondan 11,7 million troy unsiyasigacha) hisobiga yuz berdi.
Iyun oyida Oʻzbekistonning valyuta zaxiralari 1,88 milliard dollarga kamaydi. Markaziy bank tomonidan sotib olingan qimmatli qogʻozlar hajmi esa 708,8 million dollarga oshdi.
Xalqaro oltin kengashi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yil boshidan beri dunyo boʻyicha eng koʻp oltin sotgan davlat sifatida qayd etildi. Mamlakat yarim yil ichida qariyb 27 tonna oltin eksport qilgan.
Yaqin Sharqdagi yangi geosiyosiy tarangliklar oltinning strategik ahamiyatini yanada oshirdi. Chunki koʻplab markaziy banklar qimmatbaho metallni oʻz zaxiralarini siyosiy xatarlardan himoya qilish vositasi sifatida koʻradi.