So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
“Oʻzbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB darajasiga koʻtarildi
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining uzoq muddatli xalqaro kredit reytingini BB (barqaror) darajasigacha koʻtarilganligini qayd etdi.
Jamiyat soʻnggi yillarda moliyaviy barqarorlik, samarali boshqaruv tizimi va strategik yoʻnalishlardagi yuqori natijalari bilan xalqaro reyting agentliklari eʼtiborini tobora qozonmoqda. Bu esa uning xalqaro moliya bozoridagi nufuzi va ishonchli imidjini yanada mustahkamlamoqda.
Taʼkidlash joizki, “Oʻzbekgidroenergo” AJ ishlab chiqaruvchi korxonalar orasida birinchi boʻlib “Fitch Ratings” agentligidan “BB-” darajasidagi xalqaro reytingni olgan edi. 2020-yilda ushbu koʻrsatkich mustahkamlanib, kompaniya B+ (barqaror) darajasigacha baholangan. 2021-yilda esa muvaffaqiyatli moliyaviy boshqaruv, barqaror oʻsish surʼatlari va ijtimoiy-tashkiliy barqarorlik tufayli jamiyatning reytingi BB- (barqaror) darajasigacha koʻtarilgan.
Shu bilan birga, 2025-yil 1-iyul kuni jamiyatning xalqaro kredit reytingi yana bir pogʻona yuqorilab, BB (barqaror) darajasigacha baholandi. Albatta, bu muvaffaqiyatda hukumatning kompaniyani har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan izchil siyosati hal qiluvchi omillardan biri boʻldi.
Mazkur natija, oʻz navbatida, kompaniya boshqaruvining takomillashib borayotgani, moliyaviy resurslardan samarali foydalanilayotgani, investitsiyaviy loyihalarning oqilona tashkil etilayotgani hamda faoliyatda shaffoflik tamoyillariga qatʼiy rioya qilinayotganidan dalolat beradi.
Bundan tashqari, reyting bahosining yuqorilashi Oʻzbekiston Respublikasining suveren reytingdagi ijobiy oʻzgarishlar bilan ham bogʻliq boʻlib, mamlakat iqtisodiyotiga nisbatan xalqaro ishonchning mustahkamlanayotganini tasdiqlaydi.
“Oʻzbekgidroenergo” AJ rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, strategik boshqaruv yondashuvlari va barqaror rivojlanishga qaratilgan rejalar xalqaro moliyaviy institutlar hamda investorlar oʻrtasidagi ishonch muhitini yanada kuchaytirmoqda.
Aytish joizki, mamlakatimizdagi koʻplab banklar va yirik korporatsiyalarning uzoq muddatli emittent kredit reytinglari BB darajasida barqarorligicha qolmoqda. Biroq “Oʻzbekgidroenergo” AJ qisqa muddatli va yakka tartibdagi reyting koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori baholanib, “Fitch Ratings” agentligi tomonidan eng yaxshi natija qayd etgan kompaniyalar qatorida “Top 3” roʻyxatiga kiritildi.
Bu muvaffaqiyatga kompaniyaning ichki boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish, xatarlarni oldindan aniqlash va samarali boshqarish, xarajatlarni optimallashtirish, shuningdek, energiya ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlari zamin yaratdi.
Taʼkidlash lozimki, ushbu reyting “Oʻzbekgidroenergo” AJning nafaqat mamlakat energetika tizimidagi yetakchi mavqeini yanada mustahkamlaydi, balki gidroenergetika sohasida xalqaro moliya bozorlaridagi ishonch va nufuzning yuksalayotganini ham yaqqol namoyon etadi.
“Oʻzbekgidroenergo” AJ Axborot xizmati