Qidirish

16:45 / 2025-06-14 176 0 Jamiyat

“Oʻzlaringizga yaxshi boʻlmaydi” – Oqdaryo hokimligi fermerlar pilla rejasini topshirishga majbur ekanligini aytgan “zam” hokimning harakatlarini oqlab chiqdi

Effect.uz tomonidan Oqdaryo tumani hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Obod Shodmonovning fermerlarga pilla rejasini bajarish boʻyicha bosim oʻtkazish holati kuzatilgan lavha eʼlon qilindi.

world-news

Oqdaryo hokimligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirib, bu lavhada keltirilgan ayrim faktlar Shodmonovga nisbatan tuhmat deb qaralishini maʼlum qildi.

Obod Shodmonovning video lavhada keltirilgan fermer xoʻjaliklariga yuborgan ovozli xabarida “pilla rejasi” deb 2025-yil hosili uchun fermer xoʻjaliklari hamda pillachilik klasteri oʻrtasida tuzilgan shartnoma nazarda tutilib, gapirilgan. Shuningdek, tuzilgan shartnomaga asosan mazkur fermer xoʻjaliklari pillachilik klasteridan ipak qurti boqish uchun oldindan boʻnak pullarini ham olishgan.

Biroq, pilla qabul qilish mavsumi boshlanganida ayrim fermer xoʻjaliklari tomonidan tuzilgan shartnomaga asosan pilla xom ashyosi yetkazib berish oʻrniga olingan ipak qurtini nobud qilib, shartnoma shartlarini bajarmasdan kelmoqda.

Tayyorlovchi korxonalar hamda xoʻjaliklar oʻrtasida tuzilgan namunaviy shartnomaning 5.1-bandiga koʻra agarda, xoʻjalik tayyorlovchi korxonaga shartnomada koʻrsatilgan miqdorda hamda belgilangan sifat koʻrsatgichlarida pilla xom ashyosini yetkazib bermasa, tuzilgan shartnoma soʻmmasining 25 foizi miqdorida jarima toʻlashi belgilanganligi bois, xoʻjaliklarga iqtisodiy zarar ekanligi sababli oʻrinbosar tomonidan “oʻzlaringizga yaxshi boʻlmaydi” deb aytilgan.

Bundan tashqari Prezidentning 2024-yil 30-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi maydonlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni koʻpaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-465-sonli qarorining 8-ilovasida “Dala chetlari hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda 2025-yil 1-aprelgacha ekin ekmaganlik va yil davomida mahsulot yetishtirmaganlik uchun yer soligʻini 3 karra stavkada hisoblash toʻgʻrisida Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish” toʻgʻrisida berilgan topshiriq ijrosi yuzasidan fermer xoʻjaliklari tomonidan qaror talablari bajarilmasligi uch karra soliq solinishiga sabab boʻlishi va buning natijasida xoʻjalik rahbarlariga zarar ekanligini nazarda tutib, hokim oʻrinbosari “Soliq uch karra koʻpayadi” deb gapirgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilgan shaxsning kimligi ochiqlanmaganligi va murojaat anonim boʻlganligi sababli “pilla uchun pul talab qilmoqda” degan vajlarini isbotlovchi dalillar yoʻqligi bois oʻz isbotini topmadi va mazkur vajlar tuman hokimi oʻrinbosari O.Shodmonovga nisbatan tuhmat deb qaralib, tuhmat qilish yoki yolgʻon maʼlumot tarqatish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.

Effect.uz tez orada bu munosabatga munosib javob qaytaradi.

Izohlar 0

Fikr bildirish