So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Ona farzandini vasiylik va homiylik tashkilotiga topshirishni hohlamagan
Avvalroq Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov Fargʻonadagi sud zalidagi panjara ortida qoʻlida goʻdak bilan tasvirlangan videolavhani eʼlon qilgan edi. Fargʻona viloyati sudlari holat boʻyicha munosabat bildirdi.

Joriy yilning 24-aprel kuni jinoyat ishlari boʻyicha Margʻilon shahar sudining hukmi bilan M.X.ga (1991-yilda tugʻilgan, ayol) nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan JKning 60-moddasiga (bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash) asosan 5-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Muqaddam M. X.ga jinoyat ishlari boʻyicha Toshloq tuman sudining 2022-yil 3-avgustdagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari bilan 5-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, JPKning 533-moddasi (hukmning ijrosini kechiktirish) 1-qismi 3-bandiga asosan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi ijrosi uning farzandi 3 yoshga toʻlgunga qadar, yani 2025-yil 13-may kuniga qadar kechiktirilgan.
M. X. sudning hukmi bilan tayinlangan jazo kechiktirilgan davrida yana qayta Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, jabrlanuvchilarga jami 846 477 394 soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazib ogʻir jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan hamda sud zalida qamoqqa olingan.
Qamoqqa olingan vaqtda sudlanuvchining 2025-yil 19-mart kuni tugʻilgan farzandi qoʻlida boʻlgan va farzandini vasiylik va homiylik tashkilotiga topshirishni hohlamagan.
Fargʻona viloyati voyaga yetmaganlar komissiyasining mutassadi xodimlari tomonidan sudning ruxsatnomasi bilan tergov hibsxonasiga kirib bolaning hozirgi ijtimoiy va ruhiy holati va uning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, zarurat tugʻilgan taqdirda bolani vasiylikka olish masalasi ham koʻrib chiqilgan.
Jinoyat-ijroiya kodeksining 132-moddasi (bolalarni jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirish) talablaridan kelib chiqib, M. X. voyaga yetmagan farzandini 3 yoshga toʻlgunga qadar oʻzi bilan olib qolish huquqidan foydalangan.
M. X. jinoyat ishlari boʻyicha Margʻilon shahar sudining 2025-yil 24-apreldagi hukmidan norozi boʻlib apellyatsiya shikoyati keltirgan. Ayni paytda ushbu apellyatsiya shikoyati Fargʻona viloyat sudining apellyatsiya instansiyasida koʻrilmoqda.
Mazkur jinoyat ishini apellyatsiya tartibida koʻrilishi bilan bogʻliq keyingi sud majlisida bolaning hozir boʻlishi uning manfaatlariga zidligi nuqtayi nazaridan sud tomonidan vasiylik organiga bolani sud jarayonida ishtirok etmaslikka oid tegishli choralar koʻrish masalasini kiritgan.



