So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
“HUMANS” MCHJ virtual operatori “Oʻzbektelekom” AK mobil tarmogʻidan foydalanib, daromad topsada, uni xarajatlarini toʻlashni ortga surgan.

Avvalroq Oʻzbekistondagi Humans brendiga egalik qiluvchi Singapurning Humans Mobile PTD Ltd. kompaniyasi Jahon bankining Investitsiya nizolarini hal qilish xalqaro markazida (ICSID) Oʻzbekistonga qarshi arbitraj ishini boshlagani, daʼvo 30-may kuni ARB/25/24 raqami bilan roʻyxatga olingan va koʻrib chiqilayotgani toʻgʻrisida xabar berilgandi. Ishda sudlanuvchi — Adliya vazirligining Oʻzbekiston Manfaatlarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi hisoblanadi.
Daʼvo qoʻzgʻatilishiga Oʻzbekiston va Singapur hukumatlari oʻrtasida 2003-yil 15-iyulda imzolangan investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisidagi ikki tomonlama bitim buzilgani haqidagi taxmin asos boʻlgan.
“Oʻzbektelekom” AK munosabati…
Ayrim ommaviy axborot vositalari tomonidan “HUMANS” MCHJ (keyingi oʻrinlarda – HUMANS) ayrim davlat tashkilotlari tomonidan yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya undirmoqchiligi yuzasidan maʼlumotlar tarqaldi.
Avvalroq HUMANSʻning oʻzi “Oʻzbektelekom” AKning qarzlarni toʻlash, aks holda tarmoqdan uzib qoʻyilishi haqidagi ogohlantirishidan keyin, Raqobat qoʻmitasiga shikoyat arizasi kiritgani ham OAV orqali tarqalgan edi.
Aslida nima boʻlgan edi?
Birinchidan, HUMANS virtual operatori, boshqa mobil operatorlardan farqli ravishda, oʻz tarmogʻini yaratish uchun sarmoya kiritmagan. Shuning uchun, u mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatishga 2020-yildan buyon shartnoma asosida “Oʻzbektelekom” AK mobil tarmogʻidan foydalanib kelgan.
Ikkinchidan, baʼzi OAVda “Oʻzbektelekom” AK tomonidan HUMANS operatoriga nisbatan “bozordagi ustun (monopol) mavqesidan foydalanib bosim oʻtkazayotganligi” toʻgʻrisida noxolis axborotlar tarqalmoqda.
Aslida: HUMANS oʻz infrastrukturasiga ega “Oʻzbektelekom” AKdan tashqari Ucell, Beeline, Mobi.uz kabi boshqa mobil operatorlari bilan ham shartnoma asosida xizmatlarini koʻrsatishi mumkin, qonunchilikda faqat “Oʻzbektelekom” AK bilan mobil infrastrukturadan foydalanish kerak deb hech qayerda belgilanmagan.
Uchinchidan, “Oʻzbektelekom” AK Oʻzbekistonda internet xizmatlarini arzonlashtirish va ularni aholiga yanada qulay qilish boʻyicha muhim ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Natijada, Xalqaro internet kanallarining oʻtkazuvchanlik qobiliyati kengaytirilishi hisobiga operator va provayderlar uchun 1 Mbit/s internet narxi 2017-2024-yillarda 40 barobarga arzonlashtirildi.
Toʻrtinchidan, HUMANS uzoq muddat davomida shartnoma majburiyatlarini tizimli ravishda buzib kelgan, yaʼni koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha katta miqdorda qarzdorlikni toʻlamasdan kelgan. “Oʻzbektelekom” AK faqat istemolchilar xuquqi buzilmasin, ular HUMANS boʻladimi, boshqa operatormi istemolchi toʻlagan puliga yarasha xizmat olsin deb oʻz xizmatini davom ettirgan.
Shu munosabat bilan “Oʻzbektelekom” AK mavjud qarzdorlikni undirish va kelgusida kompaniyaga zararni kamaytirish maqsadida tegishli sudga daʼvo arizasi kiritishga majbur boʻlgan. Mazkur daʼvo joriy yilning 8-may kuni Toshkent shahar iqtisodiy sudining “Oʻzbektelekom” AK tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun qarzdorlik yuzasidan “HUMANS” kompaniyasiga nisbatan chiqargan sud qarori eʼlon qilingan.
“Agar kelgusida jamoatchilikni, tartibga soluvchi organlar va biznes hamkorlarni chalgʻituvchi, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar tarqatilsa, «Oʻzbektelekom” AK oʻz ishbilarmonlik obroʻsini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
“Oʻzbektelekom” AK ochiqlik, halol raqobat va amaldagi qonunchilikka rioya qilish tamoyillariga sodiqligini tasdiqlaydi. Kompaniya bozordagi istalgan ishtirokchi, jumladan HUMANS kompaniyasi bilan, ular oʻz majburiyatlarini vijdonan bajargan taqdirda konstruktiv muloqotga ochiq», deyiladi AK munosabatida.



