So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Albatta, buning negizida davlat rahbarining sohada olib borayotgan islohotlarining samarasi oʻlaroq yuzaga kelgan mukammal amaliyot tizimi yotibdi.
Yaʼni, soʻnggi yillarda veterinariya sohasiga shunchaki agrar tizimning quyi boʻgʻini sifatida emas, balki iqtisodiyotning drayver yoʻnalishlaridan biri sifatida eʼtibor berila boshlandi. Natijada soha nafaqat epizootik va epidemik barqarorlikni taʼminlaydigan, balki aholiga barqaror xizmat koʻrsatuvchi iqtisodiy jozibador yoʻnalish sifatida namoyon boʻla boshladi.
Hayvondan odamga yuqadigan kasalliklarni jilovlashdagi yangicha yondashuvlar, yovvoyi qushlar migratsiyasi natijasida kirib keladigan kasalliklar xavfini yumshatishdagi tajribalar, shuningdek chorva mahsulotlarini aholi dasturxoniga xavfsiz yetkazish boʻyicha mukammal tizim yaratilganligi Oʻzbekistonning bu borada Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi davlatlari orasida peshqadam boʻlishini taʼminladi.
Oʻzbekistonda veterinariya taʼlimni rivojlantirish, uni bir paytning oʻzida amaliyotga integratsiya qilish, xalqaro standartlarni milliy tizimga tatbiq etish, ayniqsa Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablagʻlari va istiqbolli grant loyihalarini jalb etishdagi tajribalar xalqaro ekspertlar tomonidan yuksak eʼtirof etildi.
Yaʼni, Parijda boʻlib oʻtgan Jahon hayvonlar sogʻligi tashkiloti assambleyasining 92-sessiyasida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning veterinariya sohasiga koʻrsatayotgan eʼtibori va yaratilgan mukammal amaliyot tizimi alohida qayd etilib, xalqaro tashkilot rahbari Emmanuyela Subeyran xonim tomonidan Oʻzbekistoning veterinariya sohasidagi tizimi va tajribasi dunyo davlatlariga istiqbolli yoʻnalish deya tavsiya etildi.
Anjuman davomida Emmanuyella Subeyran xonim prezidentimizning sohaga koʻrsatayotgan eʼtiborini yuksak baholab, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi Bahrom Norqobilovga “Xizmatlari uchun” medalini topshirdi.
Taʼkidlash kerak, ushbu mukofot birinchi marta Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi mintaqasidagi davlatga topshirilishi.
Ushbu eʼtirof yurtimizning veterinariya sohasida xalqaro arenada nufuzi va salohiyati tobora yuksalib borayotganligidan dalolat beradi.