So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Yo‘l tor, marshrut qatnovi kam, aholi esa norozi
Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi Toshmi va Oltintepa ko‘chalari torligi hamda 476, 160, 104-yo‘nalishdagi marshrut qatnovlarining kamligidan aholining bir qismi transport vositasiga sig‘may qolmoqda. Bu haqda Effect.uz’га fuqarolardan murojaat kelib tushdi.
Murojaatchining so‘zlariga ko‘ra, marshrutlarda odam ko‘pligidan yigitlar ayol va qizlarga nisbatan nojoiz harakatlar qilib kelayotganini ta’kidlab, ushbu muammo necha oylardan buyon bartaraf etilmayotganini bildirgan.
Mazkur masala yuzasidan Toshkent viloyati Toshkent tumani hokimining matbuot kotibi Ismoilova Dilafruz bilan bog‘langanimizda, u bu masala transport vazirligining vakolatiga kirishini ta’kidladi.
Afsuski bu masala bo‘yicha vazirlikka aloqaga chiqqanimizda tashkilot matbuot rahbari Navro‘z Ashurmatovdan tayinli javob ololmadik.
Otangga bor, onangga bor. Xullas bir so‘z bilan aytganda, yo hokimyat bizga noto‘g‘ri ma’lumot berdi yoki vazirlik.
Toshkent tuman kengashi deputati Mirislom Usmonov bilan bog‘langanimizda esa u muammo yechimi izlanayotganini ma’lum qilib, may oyi oxiri — 15 iyunga qadar Keles “Renessans” MCHJ korxonasi tomonidan avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Qonunchilikda agar tendrda yutib olgan tadbirkor shartnomada belgilangan talablarni bajarolmasa, shartnoma bekor qilinishi kerak.
Negadir shunday holatlar tadbirkorlar bilan tez-tez uchrab turibdi. Buni tartibga soladigan mas’ullar bormi o‘zi? Biz ulardan izoh kutib qolamiz.
Muallif: Kamola Qurbonova