Qidirish

20:57 / 2025-05-14 1597 0 Jamiyat

Tig‘iz ish grafigiga qaramasdan kutubxona va teatrga tashrif buyurgan kitobsevar va san’atga oshufta hokim – Navoiy delegatsiyasi Tataristonda

Tatariston Respublikasi markazi Qozon shahrida bugundan "Rossiya - Islom olami: KazanForum" XVI Xalqaro iqtisodiy forumi o‘z ishini boshladi.  Unda dunyoning yuzdan ortiq mamlakatidan, aniqrog‘i 103 ta davlatdan delegatsiyalar ishtirok etmoqda. Ular qatorida O‘zbekiston Respublikasi, xususan Navoiy viloyati delegatsiyasi ham qatnashmoqda. Viloyat hokimi Normat Tursunov Tatariston safarining ilk kunida tig‘iz ish grafigiga qaramasdan Respublika Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdi.

world-news

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi mas’ullar Forum doirasida "Tatariston Respublikasi munitsipalitetlar Kengashi" Assotsiatsiyasida Tatariston Respublikasi Qurilish, arxitektura va turar-joy-kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vladimir Kudryashev, "Tatariston Respublikasi fazoviy rejalashtirish instituti" DBM direktori Oleg Grigorev, "Tatinvestgrajdanproyekt" DUK bosh direktori o‘rinbosari Anjelika Melentevalar bilan uchrashdi.

Viloyat hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiya Tatariston Respublikasida "Rossiya - Islom olami: KazanForum" XVI Xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etdi.

Shuningdek, Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov qayerda bo‘lmasin, avvalo o‘sha yerning kutubxonasi bilan qiziqishi, Navoiy shahrida qad rostlayotgan yangi Axborot kutubxona markazi faoliyati ham dunyoning taniqli va yirik kutubxonalaridan ma’lum ma’noda andoza olinib tiklanayotganligi ko‘pchilikka ayon. Tatariston safarining ilk kuni ham tig‘iz ish grafigiga qaramasdan Respublika Milliy kutubxonasiga tashrif bilan davom etdi.

Tatariston Respublikasi Milliy kutubxonasi uzoq tarixga ega. Kutubxona mahalliy bibliofil va mahalliy tarixchi Ivan Alekseyevich Vtorov to‘plamiga asoslangan bo‘lib, unda 903 nom va 1908 jildlik kitoblar va davriy nashrlar mavjud. 1844 yilda jamoat kutubxonasini tashkil yetish maqsadida Vtorovning shaxsiy kolleksiyasi shaharga uning o‘g‘li tomonidan hadya qilinadi, biroq 10 yildan so‘nggina, ya’ni 1865 yil 24 yanvarga kelib shahar jamoat kutubxonasi faoliyati boshlanadi.

1934 yilda Markaziy Kutubxona viloyat kutubxonasiga, 1941 yilda respublika kutubxonasiga aylantirilgan va respublikada kutubxonachilikka uslubiy rahbarlik qilish markazi vazifasini olgan. 

1991 yil kutubxona tarixida muhim yil bo‘ldi: u Milliy Kutubxona maqomini oldi. Bugungi kunda Milliy Kutubxona milliy va respublika, Rossiya va xorijiy matbuotning asosiy davlat kitob depozitariysi, ko‘p funksiyali kutubxona, axborot-tadqiqot muassasasi, madaniy, bibliografik va uslubiy markaz hisoblanadi. Kutubxona  tatar xalqi madaniyatini targ‘ib qilish markazi, respublika haqidagi tatar kitoblari va adabiyotlarini yig‘ish, saqlash va tarqatish funksiyalarini bajaradigan dunyodagi yagona ommaviy kutubxonadir. Kutubxona fondiga 3 million 200 ming nusxadan ortiq hujjatlar kiritilgan.

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiyaning Tataristondagi navbatdagi manzili "URAM" parki bo‘ldi.

"URAM" — qanday park?

2018 yilda Qozondagi turli ko‘cha madaniyati va ijodiy tendensiyalar vakillari yagona jamoa - URAMga jam bo‘lishadi. Tatarchada "Uram" "ko‘cha" ma’nosini anglatsa, kengroq olganda bu so‘z «Urban Art Movement» inglizcha  iborasining qisqartmasi bo‘lib, "Shahar badiiy harakati" degan ma’noda qo‘llanadi.

Jamiyat ko‘cha madaniyatini ommaga va professional maydonlarda targ‘ib qilib, shu jumladan ekstremal park qurish tashabbusi bilan chiqqan. Natijada, 2020 yilda Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov va Tatariston Respublikasi yoshlar ishlari vazirligi ko‘magida xuddi shu nomdagi URAM bog‘i qurilib, Qozondagi eng mashhur joyga aylangan. 

URAM — Kazanka daryosi qirg‘og‘ini rivojlantirish strategiyasining bir qismi sifatida ochilgan ilk park. Yopiq ekstremal park konsepsiyasi Legato Sports Architecture arxitektura-qurilish kompaniyasi va KOSMOS byurosi konsorsiumida ishlab chiqilgan.

Normat Tursunov boshchiligidagi Navoiy viloyati delegatsiyasi Qozondagi yirik qurilish kompaniyalaridan biri "Unistroy" faoliyati, xususan uning qurilish maydonlari va qurib bitirilgan obyektlari bilan tanishdi. 

Qariyb 28 yil davomida qulay turar-joy majmualari, mahallalar, tijorat majmualarini yaratayotgan kompaniya Tatariston Respublikasida birinchilikni egallab, Rossiyadagi developer kompaniyalarning TOP-25 taligiga kiritilgan.

Izohlar 0

Fikr bildirish