So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
“Qoʻyliq” dehqon bozori yopilmasligi maʼlum qilindi
Ilgari muqobil savdo joylarini tayyorlash zarurati tufayli toʻxtatilgan “Qoʻyliq” bozori hududining bir qismini qayta qurish va obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Uning faoliyati optimallashtirilmoqda, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi. Qayd yetilishicha, hozir bozor yanada tartibli holga keltirilgan — tadbirkorlar uchun joylar yaratildi va hududdagi ishlar faol davom etmoqda. Barcha ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda, shu bilan birga, savdo faoliyati ham toʻxtatilmagan.
“Bozor yopilmayapti, balki uning faoliyati optimallashtirilmoqda — tartib oʻrnatish, sanitariya sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani yangilash va umumiy xavfsizlik darajasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, kelgusida joriy etiladigan raqamlashtirilgan tizim soliq toʻlovlarining shaffofligini taʼminlash imkoniyatini yaratadi. Bu esa, oʻz navbatida, yashirin iqtisodiyotning bozordagi taʼsirini kamaytirishga yordam beradi”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, tizimli qaror qabul qilinib, bozor xalqaro va zamonaviy shahar standartlariga mos holga keltirilmoqda.