So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Tuhmatning gunohi og‘ir
Tuhmat – musulmon kishi haqida boshqa bir musulmonda nafrat uyg‘otadigan narsalarni aytib, unda yo‘q ayblarni unga to‘nkashdir. Tuhmatchi bu razil qilmishi bilan Alloh taolo to‘g‘rilab izga solib qo‘ygan narsaga putur yetkazadi. Nafaqat putur yetkazadi, balki Alloh taolo bilan o‘zining o‘rtasidagi rishtani uzadi. Bu narsa shuning uchun ham katta gunohlar sarasiga kiradi. Bu yomonlik ketidan yomonlikni, gunoh ketidan gunohni tug‘diraveradi.
Xalqimiz tuhmat toshni yoradi, toshni yormasa, boshni yoradi, deb bejizga aytmagan. Haqiqatan ham, hayotda xusumat, bo‘hton, g‘iybat, fitna, hasad, tuhmat eng og‘ir illatlardan sanaladi. Kimningdir xusumati tufayli aybsiz odamning asablari qaqshaydi, yuragi siqiladi, halovati yo‘qoladi, uyqusi qochadi, farog‘ati buziladi. Bunday illatlar odamlarning tinchligi va osoyishtaligini buzish bilan birga jamiyat hayotiga soya tashlashi bilan ham o‘ta xavflidir.
Tuhmat – musulmon kishi haqida boshqa bir musulmonda nafrat uyg‘otadigan narsalarni aytib, unda yo‘q ayblarni unga to‘nkashdir. Tuhmatchi bu razil qilmishi bilan Alloh taolo to‘g‘rilab izga solib qo‘ygan narsaga putur yetkazadi. Nafaqat putur yetkazadi, balki Alloh taolo bilan o‘zining o‘rtasidagi rishtani uzadi. Bu narsa shuning uchun ham katta gunohlar sarasiga kiradi. Bu yomonlik ketidan yomonlikni, gunoh ketidan gunohni tug‘diraveradi.
Alloh taolo quroni karimni “Nur” sursining 23-24-oyatida «Albatta, (bo‘zuq niyatlardan) bexabar, poqiza, mo‘mina ayollarni badnom qiladigan kimsalar dunyoda ham, oxiratda ham la’natga duchor bo‘ladilar. Ular uchun ulug‘ azob bordir. U Kun (qiyomat)da qilib o‘tgan (bo‘htonlari) sababli ularning tillari ham, qo‘l-oyoklari ham o‘zlarining ziyonlariga guvohlik berur» deb marhamat qiladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yettita halok qiluvchi ishdan saqlaninglar», deb ular orasida: buzuq niyatlardan g‘ofil, pokiza, mo‘mina ayollarga tuhmat qilishni ham sanab o‘tganlar (Muttafaqun alayh).
Tuhmat o‘zaro munosabatlarning yomon tomonga og‘ib ketishiga, buning orqasidan ko‘plab urush-janjallar, kelishmovchiliklar chiqishiga sabab bo‘ladi. Shariatda ham dunyoviy qonunchilikda ham tuhmat qilgan shaxsga jazo joriy qilinganidan tuhmatchining ikki dunyoda oqibati yomon bo‘lishini bilish mumkin.
Kenjabek URMAMATOV
Sardoba tumani «Imomi A’zam»
masjidi imom-xatibi