So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Yaxshidan bogʻ, yomondan dogʻ qoladi…
2024-yil 30-dekabr kuni qabul qilingan “Qishloq xoʻjaligi maydonlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni koʻpaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga asosan, dala chetlarida, aholi tomorqalarida, xonadonlar va koʻp qavatli uylar oldida, mahallaning ichki koʻchalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishning yangi tartibi joriy etilgan.
Unga koʻra, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi dala chetidagi boʻsh turgan yer maydonlarida mevali daraxtlarni ekish va eksport hajmini oshirishni tashkillashtirish boʻyicha masʼul etib belgilangan.
Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yil dala chetidagi 30 gektar yer maydonlariga 25 mingdan ortiq mevali daraxtlar ekish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda Toshkentning Bektemir, Yangihayot, Mirzo Ulugʻbek, Yashnabod, Sergeli kabi tumanlarida Savdo Yarmarkasi tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunga qadar 27 ming 200 tup mevali daraxtlar dala chetlariga ekilgan.
Shuningdek, havo haroratini inobatga olgan holda, sovuqqa chidamli boʻlgan mevali daraxtlarning 4 ming 200 tup mevali daraxtlar Toshkent shahar boshqarmasi tashabbusi bilan poytaxtdagi aholi xonadonlari, koʻp qavatli uylar oldi va mahallaning ichki koʻchalariga ekilgan.
Asosan, olcha, olxoʻri, behi, uzum, bodom, chilon jiyda, tut kabi mevali daraxtlar ekish koʻzda tutilgan boʻlib, jarayonlar bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda.
Xalqimizda ajoyib shunday naql bor. Yaxshidan bogʻ, yomondan dogʻ qoladi, albatta, bu say-harakatlar natijasida nafaqat ekologik musaffolikni taʼminlash, qolaversa, kelajak avlodga yaxshi bir bogʻ qoldirish niyati bor, deyiladi agentlik xabarida.