So`ngi yangiliklar
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik maosh 6 mln soʻmga yaqinlashdi
Ikki viloyatda oʻqishga kiritib qoʻyish uchun pora olganlar ushlandi
Avtosugʻurta narxi kamida 4 barobar oshiriladi
Toshkentdagi avariyada 20 yoshli haydovchi halok boʻldi
“Xatar guruhidagi bolalar va oilalar bilan ishlash boʻyicha ijtimoiy ish amaliyoti” davra suhbati oʻtkazildi
2025-yil 14 aprel kuni ijtimoiy himoya sohasida muhim ahamiyatga ega boʻlgan 5 kunlik oʻquv kursi oʻz ishini boshladi. Davra suhbati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yildagi ijtimoiy himoya yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar tahlili va 2025-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar asosida tashkil etilgan.

Treningning ochilish marosimida Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktor oʻrinbosari – S.Abdullayev, UNICEFning “Bolalarni himoya qilish” dasturi rahbari – A.Lyudeke, Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi professori, maxsus boʻlim dasturi direktori – Lyudmila Kim, Ichki ishlar vazirligi Voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻlim boshligʻi podpolkovnik – F.Sattarov ishtirok etdi.
Shuningdek, trening davomida Kolumbiya universitetining ilmiy asoslangan metodlari, xalqaro tajriba va Oʻzbekistonda sinovdan oʻtgan yondashuvlar asosida 5 ta modul boʻyicha malaka oshirish mashgʻulotlari olib boriladi.
Ushbu dastur xatar guruhidagi bolalar va oilalar bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun moʻljallangan boʻlib, ularning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish va bolalarni muassasaga tushib qolish xavfidan asrashga qaratilgan.



