So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Prezident xalqaro turizm markazining master-rejasini koʻrib chiqdi
Shavkat Mirziyoyev “Sea Breeze Uzbekistan” xalqaro turizm markazining master-rejasi taqdimoti bilan tanishdi.
Oʻzbekistondagi qulay investitsiya muhiti tufayli barcha sohalarga ilgʻor gʻoyalar kirib kelmoqda, yangi majmualar barpo etilmoqda. Xususan, turizmda soʻnggi yillarda 2 mingdan ortiq yangi tadbirkor ish boshladi. Oʻtgan yili xorijiy sayyohlar tashrifi ilk bor 10 milliondan oshdi. Birgina Toshkent viloyatining Boʻstonliq hududida Amirsoy va “Ugam River” kabi kurortlar, “Beldirsoy-Chimyon-Nanay” turizm maskanlari tashkil etildi.
Bunday rivojlanish surʼati chet ellik investorlarni ham oʻziga tortmoqda. Jumladan, Chorvoq suv ombori boʻyida “Sea Breeze Uzbekistan” xalqaro turizm markazi qurilishi haqida avval xabar berilgan edi. Bu galgi taqdimotda ushbu yirik loyihaning bir nechta xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqilgan master-rejasi koʻrib chiqildi.
Qayd etilganidek, turizm markazini 10 ta kichik hududga boʻlib qurish koʻzda tutilmoqda. Ularning har biri piyoda borish mumkin boʻlgan koʻngilochar maskan va xizmatlarni qamrab oladi. Ikki qirgʻoq oʻrtasida koʻprik qurilib, keluvchilarga qulaylik oshiriladi. Suv boʻyida xiyobon, plyaj va dam olish joylari boʻlsa, qiyaliklarda mehmonxonalar, kottejlar, uylar, restoran va tomoshagohlar boʻladi. Shuningdek, madaniyat, taʼlim, tibbiyot, sport maskanlari barpo etiladi. Yaʼni bu yerda faqat sayohat emas, balki yil davomida yashash imkoniyati ham yaratiladi.
Davlat rahbari bu loyiha barcha tashrif buyuruvchilarga qulay boʻlishi lozimligini taʼkidlab, majmuani zarur infratuzilma bilan taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi.