So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
OʻzTest elektromobillar tekshiruvi boʻyicha video eʼlon qilgan blogerni jazolattirmoqchi
Ijtimoiy tarmoqlarda Piskent poligonida elektromobillarning tekshiruvi bilan bogʻliq videolavha va xabarlar tarqalmoqda.
Ushbu videolavhalarda “ichkarida” elektromobillarning hech nimasi tekshirilmasligi va vaqt oʻtkazib chiqarib yuborilishi aytilgan.
Mazkur xabar va videolar yuzasidan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi (OʻzTest) munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilgan videoda 2024-yilning noyabr oyidagi holat aks etgan boʻlib, u hozirgi tekshiruvlar bilan mutlaqo bogʻliq emas. Tekshiruvlar oʻtkazilmayotgani haqidagi xabarlar asossiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
“Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi jamoatchilik fikrini chalgʻitadigan mazkur lavhani notoʻgʻri talqin qilgan holda keng ommaga tarqatgan bloger faoliyatiga huquqiy baho berish uchun tegishli organlarga murojaat qilishimizni maʼlum qiladi”, deyiladi munosabatda.