So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Xususiy notarius pora olgani uchun javobgarlikka tortildi
Qonunchilikka koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan amalga oshiriladi.
Agar pora xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius tomonidan olingan boʻlsa, JKning 192-9(prim9)-moddasi bilan jinoiy javobgarlik kelib chiqadi.
Ushbu moddada nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olganligi yoki mulkiy manfaatdor boʻlganligi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Internet tarmogʻiga joylangan sud qaroriga koʻra, Yashnobod tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius X.X.X. oʻz xizmat xonasida boʻla turib, xizmat vazifasidan kelib chiqib sodir etishi lozim boʻlgan muayyan notarial harakatni, yaʼni qarz shartnomasini rasmiylashtirib berish evaziga 300 AQSH dollari miqdordagi pullarni 2024-yil 2-avgust kuni pora tariqasida olgan va ushbu notarius JKning 192-9(prim9)-moddasi 2-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan.